Xabi Bavariya ustozi bo‘lishga qarshi emas
Sport
−
29 fevral
2028“Bavariya” mavsum oxirida Myunxenni tark etadigan Tomas Tuxelga o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda. Asosiy variantlardan biri “Bayer” ustozi Xabi Alonso bo‘lib qolmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis ham “Bavariya”ni boshqarishga qarshi emas va muzokaralarga ochiq. Shu bilan birga, murabbiyni taklif qilish Myunxen klubiga qimmatga tushishi mumkin. Alonsoning Myunxenga kelishi uchun 15 milliondan 25 million yevrogacha tovon puli to‘lash kerak.
Alonsoning “Bayer” bilan shartnomasida 15 million yevro miqdoridagi tovon puli ko‘rsatilgan band bor, biroq mazkur band 2025 yilning yozida kuchga kiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bavariya” ispaniyalik mutaxassisga yuqori maosh to‘lamoqchi.
Ma’lumot uchun, “Bayer” Xabi qo‘l ostida Bundesliga turnir jadvalida “Bavariya”dan 8 ochko oldinda bormoqda va turnir yakunlanishiga 11 ta o‘yin qolganda yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi