Livandan Isroilga raketa uchirildi

Olam

image

Livan tomonidan otilgan raketalardan biri Isroilning Ben-Gurion aeroporti yaqinida portladi. Bu haqda SAXAL matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra,  Isroilning shimoli va markazidagi bir nechta hududlarda paydo bo‘lgan raketa xavfi signallaridan so‘ng 10 ga yaqin snaryadlar chegaradan o‘tib ketgan, ammo havo hujumi mudofaa tizimlari tomonidan ushlangan.

“Raketa Ben-Gurion aeroporti yaqinida qulab tushdi. Hech kim zarar ko‘rmadi”, deyiladi xabarda.

Raketa qoldiqlari to‘xtab turgan mashinaga zarar yetkazgan. Hujum oqibatida bir qancha reyslar kechiktirilgan. Ayni paytda aeroport yana ochilgan va odatdagidek ishlayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni ham Livandan Isroilga raketa uchirilgandi. Havo hujumi oqibatida 11 kishi jarohat olgandi. Isroil Mudofaa kuchlari uchta raketa Livandan Isroilga o‘tganini aytgan. Ular bitta raketa Isroil hududiga urilganini tasdiqlagandi.

Avvalroq esa avvalroq Livanning “Hizbulloh” harakati Binyamin Netanyaxuning qarorgohiga hujum qilgandi. Harakat tomonidan uchirilgan dron Isroil Bosh vazirining Tel-Aviv shimolidagi Keysariya shahridagi shaxsiy qarorgohiga borib urilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

raketa Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing