Livandagi BMT kuchlari qarorgohiga snaryad tushdi
Olam
−
16 noyabr
1118Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) qarorgohiga artilleriya snaryadlari tushdi. Bu haqda UNIFIL o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
“Bugun tushdan keyin Shama shahridagi UNIFIL Sector West shtab-kvartirasiga 155 millimetrli jonli artilleriya snaryadlari tushdi. Snaryad portlamadi va italiyalik bomba yo‘q qilish bo‘yicha mutaxassislar tezda hududni o‘rab oldi va nazorat ostida portlashni amalga oshirdi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, tinchlikparvarlardan hech biri jabrlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Isroil Ras-Naqura hududidagi UNIFIL bazasini o‘qqa tutgan, oqibatda BMTning ikki tinchlikparvar askari yaralangandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga murojaat qilib, Livan janubidagi UNIFIL tinchlikparvar kuchlarini hujumdan “zudlik bilan” olib chiqishni so‘radi. 20 oktyabr kuni Isroil harbiylari buldozeri atayin UNIFIL pozitsiyasidagi kuzatuv minorasi va perimetrdagi to‘siqlarini buzib tashladi.
LiveBarchasi