Livanda Bashar Asadning qarindoshlari qo‘lga olindi

Olam

image

Kecha, 27 dekabr kuni Livan hukumati Bayrutning Rafiq Haririy nomidagi xalqaro aeroportida Bashar Asadning amakivachchasi Duraid Asad, uning rafiqasi va qizini soxta pasport bilan mamlakatni tark etishda ayblab hibsga oldi. Bu haqda “Al-Quds Al-Arabi” gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Livan sud tizimi Duraid Asadning rafiqasi va qizini soxta pasportlari borligi aniqlangandan keyin ularni hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. 

Bunga qadar Livan huquq-tartibot organlari mamlakat hududida Bashar Asadning yuqori martabali siyosatchilari va kuch tuzimalari vakillari yashirinayotganini rasman rad etayotgandi.

Ma’lumot uchun, Duraid Asad – Hofiz Asadning ukasi Rifat Asadning o‘g‘lidir. Arab OAVning ma’lum qilishicha, Damashqdagi voqealardan keyin Rifat Asad oilasi bilan Livanga o‘tib ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asadni davolayotgan shifokorlar uni boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lmasligi uchun izolyatsiyaga olgandi. Uning yashab ketish ehtimoli “50/50” deb baholanmoqda. Boshqa bir manba esa oxirgi bir necha hafta ichida Asma Asadning ahvoli juda og‘ir bo‘lganini qayd etgan. Asma Asadni infeksion kasalliklar xavfi tufayli boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lmasligi uchun alohida saqlashmoqda.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bashar Asad Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing