Litvalik mutaxassis O‘zbekiston ayollar MTJ bosh murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

Litvalik Kotrina Kulbite O‘zbekiston ayollar Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 16 yanvar kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Kotrina Kulbite bilan uchrashdi. Dastlab, litvalik mutaxassis o‘zbek futboli tarixi va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishdi. Shuningdek, unga bugungi kunda O‘zbekistonda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan e’tibor haqida ma’lumot berildi.

Kulbitega O‘zbekiston mezbonlik qiladigan 2029 yilgi ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish, Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish vazifalari qo‘yildi, shuningdek, joriy yilning iyun oyida o‘tkaziladigan 2026 yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida yuqori natija ko‘rsatib, qit’a turniriga yo‘llanma olish zarurligini ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Kotrina Kulbite UEFA'ning murabbiylarni o‘qitish bo‘yicha instruktori hisoblanadi. Litva ayollar terma jamoasi va turli yosh toifalaridagi qizlar terma jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Kotrina Kulbite

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing