Litva Prezidentining samolyoti dron sabab aeroportga qo‘nolmadi
Olam
−
03 Sentabr 4462 1 daqiqa
Bugun, 3 sentyabr kuni Litva Prezidenti Gitanas Nausedaning samolyoti dron sababli Vilnyus aeroportiga qo‘na olmadi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, noma’lum dron sababli samolyot aeroportning ustida aylanib turgan va dron xavf tug‘dirmasligi aniqlangach qo‘na olgan.

Litva Transport va kommunikatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur uchuvchisiz texnika reklama maqsadida ko‘tarilgan va belgilangan tartiblarni buzgan. Hozirda tegishli xizmatlar hodisa yuzasidan barcha tafsilotlarni o‘rganmoqda.
Vazirlik aeroportlar rahbarlarini yig‘ilishga chaqirib, xavfsizlik choralarini ko‘rib chiqish va ularni kuchaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
Nashrning yozishicha, Prezident Nauseda 1 sentyabr kuni Yevropa chempionatida Litva basketbol terma jamoasi o‘yinini tomosha qilish uchun Finlyandiyaning Xelsinki shahrida bo‘lgan, 2 sentyabrda rasmiy uchrashuvlar o‘tkazgan va kechasi mamlakatga qaytayotgan edi.