Litsenziya va keraksiz imtihonlar. Mamlakat “bosh advokati”ning noroziligi sababi ne? 

Jamiyat

image

Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov OAV xodimlari bilan uchrashuvda sohadagi kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi va advokatlar mustaqilligiga rahna soluvchi “rыchag”lar haqida gapirdi. 

“Advokatlarni yoshi bo‘yicha tahlil qilganimizda, 30 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar soni atigi 60 nafarligi ayon bo‘ldi. Bu degani – advokatura, advokatlar yoshi bo‘yicha qarimoqda. Bu bizning birinchi xatomiz, jamiyat xatosi. 10 yildan beri advokaturaga birorta yosh yurist kelmagan. Demak, bu normani bekor qilishimiz kerak. 

2009 yilgacha advokat bo‘lish uchun maxsus bir imtihondan o‘tish talabi bo‘lmagan. Xujjatlarini, yuridik bilim olganligi bo‘yicha diplomini ko‘rsatgan va komissiya sinovidan o‘tgan. So‘ng advokat bo‘lishga ruxsat berilgan. Litsenziya degan narsa bo‘lmagan. 2009 yildan litsenziya berish davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. Test, savol-javoblar shakliga o‘tildi. Bu institutga kirgandan battarroq. Testdagi savolning soni 3,5 mingtadan ortiq. Kechirasiz-u, 3,5 mingta savolni javobini topguncha kompyuterni o‘zi ham tutab ketadi. Bu protseduraga korrupsion sxema ham kirib ketgan”, deydi palata raisi.

Mamlakatning “bosh advokati” shuningdek advokatlarning mustaqilligiga rahna soluvchi omillar haqida aytib o‘tdi.

“2009 yildan beri advokatlarni malakasini oshirish Adliya vazirligi xuzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi orqali amalga oshiriladi. Bu degani yana aralashuv degani, aslida. Nizomlar bo‘yicha advokatning malakasini nima uchun aloqasi bo‘lmagan odamlar sinovdan o‘tkazishi kerak? Bunday qoidalarda agar advokat ssinovdan o‘tolmasa, uning litsenziyasi bekor qilingan. Bu advokatning mustaqilligiga qarshi “rыchag” bo‘lgan. Har qanday mutaxassisni qiyin savollar bilan yiqitish mumkin. Shu bilan advokat ishdan bo‘shaydi. Biz yangi jamoamiz bilan buning ustida ishladik. Adliya vaziri biz bilan yaxshi aloqada. Normaga o‘zgartirish kiritdik”, deb ta’kidladi Alim Ernazarov.


Maqola muallifi

Teglar

Advokatlar palatasi

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing