Advokatlar palatasining “zam”i rais bo‘ldi
Jamiyat
−
21 noyabr 2023
4569O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri kiritgan taqdimnomaga binoan, Shuhrat Sodiqov Shavkatovich Advokatlar palatasining IV konferensiyasida Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda Advokatlar palatasining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Shuhrat Sodiqov 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, 1988 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. U o‘z mehnat faoliyatini turli xil tashkilotlarda huquqshunos, advokatlik tuzilmalarida advokat, Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati, Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining sud-huquq masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Bugungi kunda u “Qomus” advokatlik hay’ati advokati hamda Advokatlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Advokatlar palatasi O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi va uning hududiy bo‘limlari negizida Advokatlar palatasining ta’sis konferensiyasi qarori asosida 2008 yilda tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Advokatlar palatasiga 2018 yil noyabridan buyon Alim Ernazarov raislik qilib kelayotgandi. Quyidagi havola orqali QALAMPIR.UZ jurnalistining Advokatlar palatasiga yangi rais tayinlash haqidagi “Advokatlar palatasiga yangi “qon” kerak...mi?” nomli maqolasini o‘qishingiz mumkin.
LiveBarchasi