Linda Noskova ilk bor Uimbldon chempioniga aylandi

Sport

image

Chexiyalik tennischi Linda Noskova Londondagi maysa qoplamali kortlarda o‘tkazilgan mavsumning uchinchi “Katta dubulg‘a” turniri — Uimbldon musobaqasida g‘olib chiqdi.

Kecha, 11 iyul kuni bo‘lib o‘tgan final bahsida dunyoning 12-raqetkasi hisoblangan Noskova o‘z vatandoshi, reytingda 9-o‘rinni egallab turgan Karolina Muxovani 6/2, 5/7, 6/3 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning ikkinchi setida Muxova 2/5 hisobida ortda borayotganiga qaramay, beshta chempionlik ochkosini saqlab qolib, setda g‘alaba qozondi. Biroq hal qiluvchi uchinchi setda Noskova ustun kelib, chempionlikni rasmiylashtirdi.

21 yoshli Linda Noskova faoliyatidagi ilk “Katta dubulg‘a” bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Uning bungacha erishgan eng yaxshi natijasi 2024 yilgi Avstraliya ochiq chempionati chorak finali edi. Bu g‘alaba chexiyalik tennischi uchun WTA turniridagi uchinchi chempionlik bo‘ldi.

29 yoshli Karolina Muxova esa faoliyatida ikkinchi bor “Katta dubulg‘a” turniri finaliga chiqdi. U 2023 yilgi “Rolan Garros” finalida polyak tennischisi Iga Shvyontekka mag‘lub bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, “Katta dubulg‘a” turnirlari tarixida ilk bor Chexiyaning ikki nafar tennischisi ayollar yakkalik bahslari finalida o‘zaro to‘qnash keldi. Shuningdek, bu 2017 yilgi US Open musobaqasidan beri bir mamlakat vakilalari ishtirok etgan ilk ayollar finali bo‘ldi. O‘shanda amerikalik Sloan Stivens finalda vatandoshi Medison Kizdan ustun kelgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing