O‘zbekistonlik uch nafar tennischi Uimbldon asosiy to‘rida ishtirok etadi
Sport
−
29 iyun 1833 1 daqiqa
Joriy yilgi Uimbldon turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari asosiy to‘rida O‘zbekiston sharafini uch nafar tennischi himoya qiladi. Bu haqda mamlakat tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘rga yo‘llanma olgan bo‘lsa, Polina Kudermetova hamda Mariya Timofeyeva esa saralash bosqichida ketma-ket uchta g‘alabaga erishib, asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Bu O‘zbekiston ayollar tennisi uchun tarixiy ahamiyatga ega natija bo‘lib, dunyoning eng nufuzli turnirlaridan birida O‘zbekiston sharafini bir yo‘la uch nafar tennischi himoya qiladi. “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqalarda bunday holat kamdan kam uchraydi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakilalarining birinchi davradagi raqiblari quyidagicha:
- Kamilla Rahimova – Anna Kalinina (Ukraina)
- Polina Kudermetova – Lyudmila Samsonova
- Mariya Timofeyeva – Beatris Haddad Mayya (Braziliya)
Uimbldon turnirining ilk davra uchrashuvlari 29–30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi