Ayollar o‘rtasidagi Uimbldon finalchilari aniq bo‘ldi
Sport
−
10 iyul 874 1 daqiqa
2026 yilgi Uimbldon chempionatida ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalchilari ma’lum bo‘ldi. Unda Chexiyaning ikki tennischisi bahs olib boradi.
Kecha, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yarim final bahslarida ikki nafar chexiyalik tennischi g‘alaba qozonib, bosh sovrin uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Birinchi yarim finalda Karolina Muxova amerikalik Koko Gauffni 6/2, 1/6, 7/6 hisobida mag‘lub etdi. Murosasiz kechgan uchrashuv 2 soat 35 daqiqa davom etdi.
Ikkinchi yarim finalda esa Linda Noskova ukrainalik Marta Kostyukni 6/4, 6/4 hisobida yengib, faoliyatida ilk bor “Katta dubulg‘a” turnirining finaliga chiqdi. Ushbu bahs 1 soat 19 daqiqa davom etdi.
Karolina Muxova bundan avval 2023 yilgi “Rolan Garros” finaligacha yetib borgan, ammo hal qiluvchi bahsda mag‘lub bo‘lgan edi.
Shu tariqa, tarixda ilk bor Uimbldon ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalida ikki nafar chexiyalik tennischi o‘zaro kuch sinashadi.
E’tiborlisi, 2023 va 2024 yillarda ham Chexiya vakilalari Marketa Vondroushova va Barbora Kreychikova Uimbldon bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi. Amaldagi chempion esa polshalik Iga Shvyontek hisoblanadi.
Live
Barchasi