“Leyton”ga gol kiritgan Husanov qanday baholandi?
Sport
−
08 fevral 21846 1 daqiqa
“Sofascore” nashri Angliya kubogi 4-bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Leyton Oriyent” o‘rtasidagi bahsdan so‘ng futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi.
Nashrga ko‘ra, uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilar orasida zaxiradan maydonga tushib, muhim golni urgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 7.8 ballga loyiq ko‘rildi. “Shaharliklar” safida dastlabki daqiqalarda faol harakat qilgan vinger Jek Grilish 8.5 ball bilan eng yuqori ball olgan futbolchiga aylandi. Hujum markazida o‘ynagan Omar Marmush esa 6.1 balga loyiq ko‘rildi. Mezbonlar tarkibida esa eng yuqori bahoga darvozabon Kili egalik qildi.
U raqiblar tepgan aniq zarbalarning bir nechtasini qaytardi. Chap qanot himoyachisi Jayesmi esa 6.2 ball oldi. Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola shogirdlari navbatdagi bahsni Toshkent vaqti bilan 12 fevralga o‘tar kechasi Chempionlar ligasi doirasida “Real Madrid”ga qarshi o‘tkazadi.


Eslatib o‘tamiz, biroz oldin yakuniga yetgan o‘yinda “Manchester Siti” mehmonda “Leyton”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 56-daqiqada gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Live
Barchasi