Levandovskiyning yangi jamoasining nomi aniq bo‘ldi

Sport

image

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovskiy AQSHning MLS chempionatida ishtirok etuvchi “Chikago Fayr” klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv kelasi hafta boshida rasman yakunlanishi kutilmoqda. Ikki hafta avval Levandovskiy klub rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish uchun Chikagodagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan edi.

Avvalroq, Levandovskiy 2025-2026 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin “Barselona”ni tark etishini ma’lum qildi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni yakuniga yetadi.

Levandovskiy 2022 yilning yozida “Barselona” safiga qo‘shilgan. Shu vaqt mobaynida u jamoa bilan uch marta Ispaniya chempionligini, 3 ta Ispaniya Superkubogini hamda bir marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli hujumchi faoliyati davomida 2010-2014 yillarda Dortmundning “Borussiya”si, 2014-2022 yillarda esa Myunxenning “Bavariya”si sharafini himoya qilgan. U “Bavariya” safida sakkiz marta Germaniya chempioni bo‘lib, 3 ta Germaniya Kubogi, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Robert Levandovski Polsha milliy terma jamoasi safida 165 ta uchrashuvda maydonga tushib, 89 ta gol urgan. Bu natija uni mamlakat terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylantirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing