Levandovski “Oltin to‘p” uchun imkoniyatlarini baholadi
Sport
−
10 noyabr 2021
6421“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bu yil “Oltin to‘p”ni yutish uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Men “Oltin to‘p” haqida o‘ylashni to‘xtatdim. Agar g‘alaba qozonish imkoniyatlarim haqida o‘ylasam, shubhasiz, bu menga yordam bermaydi. Turli taxminlar va ommaviy axborot vositalarida mish-mishlar tarqaldi. Biroq, diqqatimni boshqa narsaga qaratishni afzal ko‘raman. Ehtimol, marosim sanasi yaqinlashganda, bu haqda o‘ylashni boshlarman. Hozir endigina noyabr oyining boshi, shuning uchun hali vaqt bor. Albatta, “Oltin to‘p” ajoyib mukofot, lekin bu haqda o‘ylamasligim kerak, chunki hali ko‘p harakat qilishim kerak”, deydi Levandovski.
1960 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Luis Suares Miramontes agar Levandovskiga ushbu mukofot berilmasa, katta adolatsizlik bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, “France football” nashri tomonidan topshiriladigan “Oltin to‘p” sohibi nomi joriy yilning 29 noyabr kuni Parij shahrida e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda polshalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 40 ta gol urib, Gerd Myullerning tarixiy rekordini yangilagan.