Lenin maqbarasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 7 yilgacha qamalishi mumkin
Olam
−
19 iyul 2023
3439Avvalroq, noma’lum shaxs Rossiyaning Moskva shahridagi Lenin maqbarasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan edi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Baza” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qizil maydondagi Lenin maqbarasiga Molotov kokteyli tashlagan shaxs Chita shahrida yashovchi Konstantin Starchukov ekani aniqlangan. Ayni paytda bezorilikda ayblanayotgan Starchukovga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, u shu yilning 17 iyul kuni qo‘lidagi Molotov kokteylini Lenin maqbarasiga uloqtirgan edi.
Aralashma maqbaraning panjarasiga urilgan, ammo yong‘in sodir bo‘lmagan.
Avvalroq ham mamlakatda shunga o‘xshash voqea yuz bergandi. Faqat unda maqbaradan Leninning mumiyolangan jasadini o‘g‘irlashga urinish bo‘lgan. 42 yoshli mebel yig‘uvchi Leninning mumiyosini o‘g‘irlash niyatini tasdiqlagan, biroq sababini tushuntirib bera olmagan.
LiveBarchasi