Lavrov va Qatar Amiri Suriya va Falastindagi vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
07 dekabr
1411Bugun, 7 dekabr kuni Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy Doha forumi doirasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular forumning asosiy mavzularini, jumladan, Suriya va Falastindagi vaziyatni muhokama qilgan. Qolaversa, vazirlar Rossiya va Qatar o‘rtasidagi munosabatlarni ham muhokama qilgan.
“Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan qator mavzular, shuningdek, forum kun tartibidagi eng dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bugun, 7 dekabr kuni kuni Qatar poytaxtida ikki kunlik 22-Doha forumi bo‘lib o‘tadi. Unda ko‘plab davlatlar rahbarlari, hukumatlari, vazirlari, ekspertlari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Suriya Prezidenti Bashar Asadga uning rejimini bir necha hafta ichida bir necha yirik shaharlarni egallashga muvaffaq bo‘lgan tez olg‘a borayotgan muxolifat jangarilaridan qutqarish uchun jiddiy aralashish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. “Bloomberg” agentligining Kremlga yaqin manbasi 2011 yilda rejimi deyarli qulagan va so‘nggi 9 yilda Rossiya armiyasi tufayli omon qolgan Asadni saqlab qolish uchun Moskvaning hech qanday rejasi yo‘qligini tasdiqlagan. Manba Asad armiyasi chekinib, birin-ketin shaharlarni taslim etayotgani inobatga olinsa, bunday qutqaruv rejasi paydo bo‘lishi dargumonligini bildirgan.
LiveBarchasi