Lavrov O‘zbekistonga kelyapti. U Mirziyoyev qabulida bo‘ladi
Olam
−
26 dekabr 2019
6703Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yil 12-13 yanvar kunlari O‘zbekiston keladi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qilmoqda.
"Kelgusi yilning 2020 yil 12-13 yanvar kunlari Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradi. Vazirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar olib boriladi", deydi Zaxarova.
Qayd etilishicha, Lavrov joriy yilning 9 dekabr kuni ochilgan MGIMOning Toshkent filiali o‘qituvchilari va talabalari bilan ham uchrashadi.
Rejalashtirilgan uchrashuvlar davomida tomonlar ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning barcha jihatlarini ko‘rib chiqadilar.
"Rossiya Prezidentining o‘tgan yil 18 oktyabr kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, 2020 yilga rejalashtirilgan tadbirlarni eng yuqori darajaga tayyorlashga alohida e’tibor beriladi", deydi Zaxarova.
Tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning fevral oyida Rossiyaga borishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi