Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Lavrov urushni front chizig‘ida muzlatishni rad etdi

Olam

image

Ukrainadagi mojaroni front chizig‘ida muzlatish Rossiya Konstitutsiyasiga zid bo‘lgani sababli imkonsiz. Bu haqda bugun, 26 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Keling, front chizig‘ini qoldiramiz – mana bu Rossiyaniki, bu esa Ukrainaniki, degan takliflar bo‘lgan. Birinchidan, bunday bo‘lmaydi, bizda xalq irodasiga asoslangan Konstitutsiya bor. Ikkinchidan, Ukrainada qolgan qism ham irqchi qonunlardan ozod qilinishi kerak”, dedi u.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada hali ham rus tilida gapirish qulayroq bo‘lgan odamlar va ajdodlari an’analarini saqlab qolishni istaganlar bor. Shu nuqtai nazardan, tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish mojaroni yanada avj oldirishga qaratilgan.

Lavrovga ko‘ra, bu yondashuv Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari surilmoqda. AQSH Prezidenti Donald Tramp esa “ikkala tomonning roziligini olish” zarurligi haqida gapirgan, biroq Rossiyadan hech kim bu borada so‘ramagan.

“Bunday oddiy mexanik harakatlar, ya’ni harbiy kuchlarni joylashtirish bilan masalani hal qilib bo‘lmaydi. Bu mojaroning asl sabablarini muhokama qilish kerak”, deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergey Lavrov Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralaridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida NATOga a’zo davlatlarning harbiy kontingentlarini Ukrainaga joylashtirish Moskva uchun qabul qilib bo‘lmas holat ekanini aytgan edi. Tashqi ishlar vaziri AQSHning Yevropa Ittifoqiga bir qator savollar, jumladan, Ukrainada urush tugagandan so‘ng tinchlikparvar kuchlarni jo‘natish ehtimoli bo‘yicha so‘rov yo‘llagani haqidagi xabarlarga shu tariqa munosabat bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina Sergey Lavrov front chizig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing