Lavrov Turkiya TIV rahbari bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi
Olam
−
01 mart
4084Bugun, 1 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning bayonotiga asoslanib, TASS xabar berdi.
Aytilishicha, yopiq uchrashuvning mavzusi yana Ukraina masalasi bo‘lishi mumkin. Rasmiylar ochiq ma’lumot bermagani sababli uchrashuv mavzusi noma’lumligicha qolmoqda.
Fidan va Lavrov oldin Rio-de-Janeyroda o‘tgan G20 Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida uchrashgan edi. Biroq avvalgi uchrashuvda ham suhbat mavzusi ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Lavrov Pxenyanda Kim Chen In bilan uchrashgandi.
Sarvar Xurramov