Lavrov Samarqandga keldi (video)

Jamiyat

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga uchib keldi. Uni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kutib oldi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilib, kutib olish jarayoni aks etgan videoni joyladi.

“Bugun Samarqandga kelgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janobi Oliylarini ko‘rib turganimdan xursandman. Strategik sherikligini yanada mustahkamlash to‘g‘risida batafsil fikr almashish maqsadida samarali uchrashuv o‘tkazishni ko‘zlamoqdamiz”, deb yozadi Saidov.

Bugun, 13 aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 14 aprelda esa MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Sergey Lavrov Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing