Lavrov Rossiya nega “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarayotganini tushuntirdi

Olam

image

“Tolibon” harakatini Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish tashabbusi uning Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘liq. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi. 

“Ular haqiqiy kuchdir. Afg‘oniston bizga befarq emas. Bu esa, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi ittifoqchilarimizga befarq emas. Demak, bu jarayon voqelikni anglashni aks ettiradi”, deydi Lavrov. 

Rossiya TIV rahbari, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashi “Tolibon”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmaganini urg‘uladi.  

Tashqi ishlar vazirligining pozitsiyasi Rossiya Adliya vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.  Kecha, 27 may kuni ikkala idora ham Prezident Vladimir Putinga o‘z pozitsiyasini bildirgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya, shuningdek, Afg‘oniston Islom Amirligi (tan olinmagan) rasmiylarini Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif qilgan. 

“Tolibon” Rossiyada 2003 yilning mart oyidan beri Oliy sud qarori bilan terrorchi deb tan olingan. 2021 yil 15 avgustda harakat Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga oldi. 2023 yil dekabrida Qozog‘iston hukumati “Tolibon”ni taqiqlangan guruhlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. “Tolibon” Qirg‘iziston va Tojikistonda terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. O‘zbekiston va Turkmanistonda bu harakat rasman taqiqlanmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tolibon Sergey Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing