Lavrov Mirziyoyev qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
16 yanvar 2020 4601 1 daqiqa
Xabaringiz bor, kecha, 15 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga keldi.
Rossiya siyosatdoni tashrifining asosiy tadbirlari bugun, 16 yanvarga mo‘ljallangan. U biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fevral oyida Rossiyaga amalga oshiradigan tashrifi xususida so‘z borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr