Lavrov Markaziy Osiyoda AQSH harbiy bazasi ochilishi ehtimolini baholadi
Olam
−
14 avgust 2021
9827Kecha, 13 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXSHT) hech bir a’zosi o‘z hududiga Amerika harbiylari joylashtirilishidan manfaatdor emasligini ma’lum qildi.
“Amerikaliklar Afg‘onistondan olib chiqilgan harbiy kontingentining bir qismini Markaziy Osiyo davlatlariga joylashtirish uchun ular bilan kelishishga harakat qildi. Ammo shu o‘rinda bizning pozitsiyamiz Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan mos keladi. Hech kimga bu kerakmas”, degan diplomat jurnalistlarga.
Lavrovga ko‘ra, AQSH Markaziy Osiyodan Afg‘onistonga zarba berish uchun bu davlatlar hududiga kirishga urinmoqda. Bu esa mintaqa mamlakatlarini “garov”ga tushishiga sabab bo‘ladi.
RF bosh diplomati Rossiya Afg‘onistondagi voqealar Markaziy Osiyoga yoyilishidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, Moskva Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatdan norozi va tomonlarni muzokaralar jarayonini boshlashga chaqirgan.
LiveBarchasi