Lavrov BRICS sammitidagi harakatlari bilan kulgiga qoldi (video)
Olam
−
25 Oktabr 2024
47533Kecha, 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan BRICS+ formatidagi uchrashuvda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oyog‘ini bosib olgan sammit ishtirokchisini haqorat qildi. Holat aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ko‘pgina foydalanuvchilar vazir ishlatgan iborani odobsizlik deb bilmoqda. Videodan ko‘rish mumkinki, vazirning oyog‘ini bosib ketgan odam undan kechirim so‘ramagan. Bunga Lavrovning qilgan reaksiyasi Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning kulgusiga sabab bo‘lgan.
Rossiya TIV matbuot xizmatining bildirishicha, vazirning gaplari bilan ko‘plab soxta videolar ham paydo bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, BRICS sammiti 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, 38 ta davlatga taklifnomalar yuborilgan, ulardan 32 tasi ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, muzokaralar davomida asosiy e’tibor Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishga qaratiladi, xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2024 yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu nuqtai nazardan, ikki tomonlama kun tartibi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar



