BRICS Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qildi

Olam

image

BRICS davlatlari Yaqin Sharqda davom etayotgan urush yuzasidan “chuqur tashvish” bildirib, tomonlarni maksimal darajada vazminlikka chaqirdi. Bu haqda tuzilma tomonidan qabul qilingan Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyada qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, yeyegishli qo‘shma deklaratsiya BRICS davlatlari rahbarlarining Nyu-Dehlidagi yillik sammitining birinchi kuni – kecha, 12 sentyabrda bir ovozdan qabul qilingan.

“Yaqin Sharqda keskinlikning davom etayotganidan chuqur tashvish bildiramiz... maksimal darajada vazminlik ko‘rsatishga, vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochishga chaqiramiz”, deyiladi Nyu-Dehli deklaratsiyasida.

Deklaratsiyada, shuningdek, xalqaro nizolarni muloqot, maslahatlashuv va diplomatiya orqali tinch yo‘l bilan hal qilishga sodiqlik yana bir bor tasdiqlangan.

Hujjat AQSH va Eron o‘rtasida avgust oyining katta qismidagi tanaffusdan keyin o‘zaro zarbalar yana tiklangan bir paytda qabul qilindi.

BRICS tarkibida Eron bilan bir qatorda AQSHning yaqin hamkori hisoblangan Birlashgan Arab Amirliklari ham bor. Shu sababli Nyu-Dehli sammitda barcha a’zolarni yagona bayonot atrofida birlashtirish murakkab bo‘lishi mumkinligi kutilgan edi.

BRICS davlatlari, shuningdek, savdoni buzib ko‘rsatuvchi “bir tomonlama tarif va notarif choralar” ko‘payib borayotganidan xavotir bildirgan. Bu bayonot AQSHning Eronga qarshi sanksiyalari, shuningdek, Rossiyaga Ukrainadagi urush sabab qo‘llanayotgan choralar fonida yangragan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda BRICS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Misr, Efiopiya, Indoneziya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 sentyabr kuni BRICS sammitida qatnashish uchun Hindistonga tashrif buyurgan Xitoy raisining maxsus avtoulovi OAVda qizg‘in muhokama qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing