Lavrov AQSH va Turkiyaga Ukrainani qo‘llamaslikni tavsiya qildi

Olam

image

AQSH harbiy kemalarining Qora dengizga kirishi o‘zi bilan tajovuzkorlikni ham olib keladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytib o‘tdi.

Rossiya TIV rahbariga ko‘ra, Moskva Vashingtonning Ukrainadagi maqsadlarini tushunmayapti.

Avvalroq, Anqara Vashingtonning ikki harbiy kemasi Bosfor orqali Qora dengizga o‘tishi to‘g‘risida xabar bergandi. Ushbu kemalar Qora dengizda 14-15 apreldan 4-5 maygacha qolishi aytilmoqda. 

Lavrov, shuningdek, Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan boshqa bir davlat – Turkiyani Kiyevning militaristik kayfiyatni kuchaytirishidan ogohlantirgan.

“Turkiya, shu jumladan boshqa davlatlarga ham Kiyev rejimining uzluksiz jangari bayonotlari hamda umumiy vaziyatni tahlil qilishni va Ukrainaning militaristik kayfiyatini qullab-quvvatlamaslikni qat’iy tavsiya qilamiz”, deydi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti 10 aprel kuni Turkiyaga tashrif buyurdi. Muzokaralar doirasida harbiy hamkorlik ham muhokama qilingan.

Zelenskiy bilan muzokaralardan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya va Ukrainaning mudofaa sanoati sohasida hamkorligi boshqa mamlakatlarga qarshi yo‘naltirilmaganini aytgan.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Qrimni Rossiyaning hududi deb tan olmasligi hamda Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

446

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing