Ukraina vs Rossiya: Erdo‘g‘an o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi
Olam
−
12 aprel 2021
9176Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni muzokaralar orqali, tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda, ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatik muzokaralar mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur.
Shuningdek, Turkiya rahbari so‘nggi paytlarda G‘arb tomonidan Turkiya siyosatining keskin tanqid qilinishiga e’tibor qaratgan.
“Tashqi siyosatda o‘zini oqlamagan va shaxsiy ambitsiyalarni o‘z mavqeidan ustun qo‘ygan siyosatchilar menga va musulmonlarga hujum qilib, o‘z kamchiliklarini yashirishga urinmoqda”, deydi Erdo‘g‘an.
Davlat rahbari shuningdek, Turkiyaning yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi muvaffaqiyatli kurashganiga e’tibor qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 10 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Anqara “Qrimning anneksiyasini” tan olmaslik qarorini tasdiqlaganini aytdi.
Shuningdek, u Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi.
LiveBarchasi