Lavozimdan qat’i nazar, xalqdan ajramagan, qişloqda ösgan odamman – Prezident (video)
Madaniyat-san’at
−
19:47 613 1 daqiqa
Prezident Şavkat Mirziyoyev kinematografiya sohasi xodimlari bilan uçraşuvda özbek kinosi haqida gapirar ekan, bolalik xotiralari bilan örtoqlaşdi.
“Qişloqda bitta kinoteatr bölardi. Yerga heç kim siğmasdi, daraxtga çiqib körardik kinoni. Kino boşlangandan keyin 15 marta svet öçardi. Bir soatlik kinoni beş soat körardik. Şuni biz boşimizdan ötkazganmiz”, deydi davlat rahbari.
Prezident “Mahallada duv-duv gap”, “Ötgan kunlar”, “Şum bola”, “Çinor ostidagi duel”, “Suyunçi” kabi filmlardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuyning özi bolalik, bobo-buvilar va qadrdon mahallani yodga solişini ta’kidlagan.
“Men bugun lavozimdan qat’i nazar, xalqdan ajramagan, qişloqda ösgan odamman. Men heç qaçon u kunlarimni unutmayman. Maktabimni ham, öşa kinozalimizni ham, daraxtga çiqib ötirganimizni ham, stadion yöqligidan keçasi qoronğida oyoğimiz qon bölib futbol öynaganimizni ham”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Live
Barchasi