O‘zbekiston elchisi Latviya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

3-sahifa

image

Kecha, 17 iyun kuni O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi Timur Rahmonov mamlakat prezidenti Edgars Rinkevichsga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Latviya Prezidenti Riga va Toshkent o‘rtasidagi siyosiy muloqot hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik holatini yuqori baholagan. U 2023 yil oxiriga kelib O‘zbekiston Latviyaning eng yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biriga aylanganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Timur Rahmonov 13 mart kuni Latviya poytaxtiga O‘zbekistonning yangi elchisi sifatida yetib kelgandi. U mamlakatning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Qadambay Sultonov o‘rniga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Latviya Timur Rahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing