Latviyada rus tilida gapirgan aktrisa restorandan haydab chiqarildi
Madaniyat-san’at
−
29 noyabr 2023
7870Rossiyalik aktrisa Chulpan Xamatova Rigadagi restorandan rus tilida gapirgani sabab haydab chiqarildi. Bu haqda “News.ru” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, aktrisa Latviya poytaxtiga kelgan va “Cemodans” (“Chemodan”) nomli restoranga ovqatlanish uchun kirgan. Ammo bu yerda rus tilida gapirgan Chulpanga restoranning eshigini ko‘rsatib qo‘yishgan. Bildirilishicha, voqea boshqaruvchi bilan janjal va stakan otish bilan yakunlangan.
Nashrga ko‘ra, Riga restoranidagi mojaroga aynan Chulpan Xamatovaning o‘ziga nisbatan haddan tashqari hurmat talab qilgani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, bundan 15 yil oldin Latviya poytaxtida rus tilida gapirish odatiy hol edi. Ammo bugun vaziyat o‘zgargan. Latviyada aholining 40 foizi rus tilida gaplashishiga qaramay, maktab fanlarini rus tilida o‘qitish keng miqyosda qisqargan. 2026 yil 1 yanvardan boshlab esa ommaviy axborot vositalarida rus tilida translyatsiya qilish butunlay taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Lola Yo‘ldosheva o‘zbekistonlik aktrisa Asal Shodiyeva bilan Gruziyaning Tbilisi shahrida rus tilida gapirgani uchun ZARA do‘koni sotuvchisi tomonidan qo‘pol munosabatga uchragan va do‘kondan haydab chiqarilgandi.
LiveBarchasi