Latviya O‘zbekistonga yangi elchisini yubordi

Jamiyat

image

Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girts bugun, 15 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida vazir Baxtiyor Saidov qabulida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Baxtiyor Saidov Latviya elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgan. 

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p yillik aloqalarni yanada mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy miqyosda ochishga tayyor ekanligimizni bildirdik.

Janob elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va mamlakatimizdagi diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, vazir Saidov.

Yaunzems Girts 2021 yildan buyon O‘zbekistonda Latviya elchisi sifatida ishlagan Reynis Troksha o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Girts 1999 yildan Latviya Tashqi ishlar vazirligida ish boshlagan, yuridik va iqtisodiy tuzilmalarda, shuningdek, xavfsizlik sohasida lavozimlarda ishlagan. U Rossiya, Italiya va Gretsiyadagi elchixonalarda faoliyat ko‘rsatgan. Latviya universitetida huquq bo‘yicha magistr darajasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonning Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib Temur Rahmonov tayinlangandi. Bungacha u  O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsul lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Baxtiyor Saidov Latviya Yaunzems Girts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing