Latviya rossiyalik diplomatni mamlakatdan haydadi

Olam

image

Latviya Tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh rossiyalik diplomatlardan birini persona non grata deb e’lon qilishga qaror qildi. Bu haqda Latviya TIV rasmiy saytidagi xabarda so‘z boradi.

Bayonotga ko‘ra, diplomatga 10 aprelgacha mamlakatni tark etish buyurilgan.

“Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Rossiya elchixonasi diplomatlaridan birini persona non grata deb e’lon qilishga qaror qildi. Rossiya diplomati 10 aprel oxirigacha Latviyani tark etishi kerak”, deyiladi matnda.

Shuningdek, kecha, 27 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Muvaqqat ishlar vakili Oleg Zikov “[Rossiya] elchixonasi tomonidan uzoq vaqt davomida olib borilgan nomaqbul va provokatsion ommaviy muloqotlarga” norozilik bildirish uchun Latviya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Moskva rossiyalik diplomatning Latviyadan chiqarib yuborilishiga javob qaytaradi.
Persona non grata deb e’lon qilingan diplomatning ismi oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Venadagi elchixonasining ikki xodimini “persona non grata” deb e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya diplomat Latviya persona non grata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing