Latviya hukumati minglab ruslarni mamlakatdan quvmoqda

Olam

image

Latviya hukumati belgilangan muddatgacha yashash uchun ruxsatnoma topshirmagan va huquqiy maqomga ega bo‘lmagan 1200 dan ortiq rossiyalikni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “lsm.lv” davlat telekanali xabar berdi.

Departamentga ko‘ra, bu rossiyaliklar immigratsiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan belgilangan muddat - 30 noyabrgacha Latviyada yashash uchun ruxsatnoma hujjatlarini taqdim etmagan. Shu bilan birga, ayni paytda 900 dan ortiq ruslar allaqachon respublikani tark etgan.

2022 yil avgust oyida Latviya hukumati Rossiya fuqarolari uchun faqat ma’lum hollarda Latviyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomalarini uzaytirish va davlat tilidan imtihon topshirgan taqdirdagina ularga doimiy propiska berish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Imtihonga 15 yoshdan kichik va 75 yoshdan oshgan shaxslar kiritilmagan.

Joriy yil oktyabr oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, agar Latviya hukumati ruslarni mamlakatdan chiqarib yuborsa, Rossiya vatandoshlarini qabul qiladi va ular uchun hamma sharoitni yaratadi, deya bayonot berdi.

“Kamida 1213 nafar Rossiya fuqarosi Latviyadan chiqarib yuboriladi. Ular immigratsiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan belgilangan muddat 30 noyabrgacha Latviyada yashash uchun ruxsatnoma olish hujjatlarni taqdim etmagan va bu odamlarning qachondan beri mamlakatda qolayotgani haqida ma’lumot yo‘q”, deyiladi xabarda.

Departamentning aniqlik kiritishicha, mamlakatdan deportatsiya qilinishi kerak bo‘lganlarning yakuniy soni hali yangilanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yoz oylarida Rossiyaning Buxarestdagi elchixonasining 40 nafar xodimi va ularning oila a’zolari Ruminiya hukumati iltimosiga ko‘ra mamlakat hududini tark etishi haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Latviya ruslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing