La Liga grandi marokashlik futbolchi bilan o‘z safini kuchaytirmoqchi

Sport

image

"Barselona" qishki transfer oynasida marokashlik yarim himoyachi Azzedin Unai bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 22 yoshli futbolchini yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun arzon  variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Hozirda yarim himoyachi Jahon chempionatining yarim finalida o‘ynaydigan Marokash terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi. Azzedin JCHda beshta uchrashuvda maydonga tushdi.

Unai 2021 yildan beri Fransiyaning "Anje" klubida o‘ynamoqda. Uning Fransiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "Barselona" Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Marokash

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing