Ziyesh JCHdan ishlab topgan pullarini xayriya qildi

Sport

image

"Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Ziyesh Jahon chempionatidagi o‘yinlari uchun 325 ming yevro mukofot pulini kambag‘al marokashliklarga xayriya qildi. Bu haqda marokashlik jurnalist Xolid Beydun xabar berdi.

Hakim 2015 yil termadagi debyutidan beri jamoadagi o‘yinidan olgan barcha daromadlarini xayriya ishlariga sarflab kelmoqda. 

Marokashning mundialdagi o‘yinlari hali yakunlagani yo‘q. Afrika terma jamoasi ertaga, 17 dekabr kuni Xorvatiyaga qarshi 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushadi. Marokash va Xorvatiya JCH-2022 guruh bosqichida ham to‘qnash kelgandi va o‘sha bahsda nursiz durang qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Marokash Ziyesh

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing