“Barselona” “Atletiko”ni mag‘lub etib, YeCHLdan chiqib ketdi

Sport

image

UEFA Chempionlar Ligasining chorak finalidan o‘rin olgan “Atletiko Madrid” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakunlandi. Madridning “Sivitas Metropolitano” stadionida kechgan bahsda kataloniyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, biroq dastlabki o‘yinda “Atletiko”ning qo‘li baland kelgani (2:0) sababli Madrid klubi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

O‘yinning 4-daqiqasida Lamin Yamal hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 24-daqiqada Ferran Torres “ko‘k-anorranglilar”ning ustunligini mustahkamladi. 31-daqiqada esa Ademola Lukman mezbonlarning javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Ferran Torres raqib darvozasiga uchinchi golni ham kiritgan edi, biroq ofsayd sababli ushbu gol inobatga olinmadi. O‘yin yakunlanishi arafasida, 80-daqiqada mehmonlar himoyachisi Erik Garsiya qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing