Pike mehmonxona qurayotgan yerdan 250 ta qabr topildi

Sport

image

"Barselona" himoyachisi Jerar Pikega tegishli yerdan 250 ta qabr topildi. Shu sababli futbolchi qurdirayotgan mehmonxonada ishlar vaqtincha to‘xtatildi.

Arxeolog Alberto Kampiana qazilgan qabrlarning aksariyati bo‘sh ekanligini aytdi. Ma’lum bo‘lishicha, qabrlar hech qanday madaniy xususiyatga ega emas.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ehtimol, qabrlardan umuman foydalanilmagan. Biroq, arxeologlar yakuniy qaror qabul qilishdan avval qabrlar qaysi asrga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida tadqiqot olib borishadi.

Ma’lumot uchun, 2015 yilda Pike "Malaga" mehmonxonasi qurilishi loyihasiga sarmoya kiritgan edi. Qurilish 2023 yilda qayta boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jerar Pike ertaga, 5 noyabr kuni futbolchilik faoliyatini rasman yakunlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona JerarPike

Baholaganlar

1021

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing