Pike maoshidan voz kechdi

Sport

image

Avvalroq 35 yoshli ispaniyalik futbolchi Jerar Pike faoliyatini yakunlashi haqida e’lon qilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, himoyachi amaldagi shartnomasi bo‘yicha maoshini talab qilmaydi.

Pike rahbariyat bilan bitimni 7 noyabr kuni tugatishga kelishib oldi. Klub futbolchiga o‘tgan mavsumdagi qarzini to‘lab bersa kifoya.

Avvalroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta futbolchining faoliyatini yakunlashi haqidagi qaroriga izoh bergandi. Xabarlarga ko‘ra, Pikening bu qarori moliyaviy muammolar bilan bog‘liq emas. 

“Pike klub timsollaridan biri. U klubdagi moliyaviy holatni tushunib turibdi. Biz Jerarning qarorini hurmat qilamiz”, deydi Laporta.

Ma’lumot uchun, Jerar Pike "Barselona"dagi so‘nggi o‘yinini ertaga, 5 noyabr kuni o‘tkazadi. U 2008 yilda buyon "ko‘k-anorranglilar" safida to‘p tepib kelayotgandi. Joriy mavsumda himoyachi kataloniyaliklar safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Pike

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing