Pike o‘ziga tegishli bo‘lgan klubda faoliyatini davom ettirmoqchi

Sport

image

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike futbolchilik faoliyatini davom ettirish arafasida turibdi. Ispaniyalik futbolchi o‘ziga tegishli bo‘lgan "Andorra" klubida o‘ynamoqchi. Bu haqda "Relevo" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Andorra" to‘p suradigan Ispaniya ikkinchi divizionining moliyaviy qoidalari Pike faoliyatini qayta tiklashga xalaqit berishi mumkin. Ayni damda klub Ispaniya ikkinchi divizioni turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning kuzida 35 yoshli Pike Kataloniya klubidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Futbolchining so‘nggi o‘yini Ispaniya La Ligasida "Osasuna" bilan uchrashuv bo‘ldi.

Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2004 yilgacha kataloniyaliklar safida to‘p tepgan, keyin esa "Manchester Yunayted"ga o‘tgan va "Saragosa"da ijara asosida o‘ynagan. Himoyachi 2008 yilda "ko‘k-anorranglilar" safiga qaytib, klub bilan birgalikda 28 ta sovrin yutgan va jamoa safida 616 ta o‘yinda maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pike Andorra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing