Kutilmaganda “Barselona” afsonasi faoliyatini yakunladi (Video)

Sport

image

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike ijtimoiy tarmoqda Kataloniya klubidagi faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi.

35 yoshli futbolchi xayrlashuv videosini joylashtirar ekan, La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Almeriya" bilan o‘yin Pike uchun "Barsa"dagi oxirgisi bo‘lishini bildirgan.

“Sizlar menga hamma narsani berdingiz va kichik bolaning orzulari ushaldi. Men sizga aytmoqchimanki, tugatish vaqti keldi. Men doim aytganman, "Barsa"dan keyin boshqa jamoaga o‘tmayman va shunday bo‘ldi ham. Shanba kuni mening "Kamp Nou"dagi so‘nggi o‘yinim bo‘ladi”, degan Pike videoda.

Jerer Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi, 2004 yilda u "Manchester Yunayted"ga o‘tdi, 2006 yilda himoyachi "Real Saragosa"ga bir yillik ijaraga berildi, 2008 yilda esa u "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tdi.

Bu vaqt ichida Pike "Barselona" bilan birgalikda sakkizta Ispaniya chempionligi, yettita Ispaniya kubogi, oltita Ispaniya Superkubogi, uchta Yevropa Chempionlar ligasi, uchta UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 2010 yilda u Ispaniyaning eng yaxshi himoyachisi deb topildi. O‘sha yili Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo‘ldi. Shuningdek, terma jamoa bilan Yevro-2012da ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Pike

Baholaganlar

530

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing