“Kvaradona” Italiya chempionatida rekord o‘rnatdi

Sport

image

Italiyaning “Napoli” klubi gruziyalik yarim himoyachisi, “Kvaradona” laqabli Xvicha Kvaratsxeliya oy yakuniga ko‘ra turnirning eng yaxshi futbolchisiga topshirilgan sovrinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Gruzin futbolchisi bu sovrinni allaqachon uch marta olishga ulgurdi. Xvicha avgust, fevral va mart oylarida chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Joriy mavsumda 22 yoshli Kvaratsxeliya “Napoli” safida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transferlarga ixtisoslashgan “Transfermarkt” portali  Kvaratsxeliyaning qiymatini 85 million yevroga baholamoqda. Hozirda Yevropaning bir qator grand klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Napoli” Xvicha Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing