Kuvaytda so‘nggi 70 yil ichidagi eng issiq yoz kuzatilmoqda 

Olam

image

Kuvaytda harorat ko‘rsatkichlari soyada 53,3 daraja, quyoshda 70 darajaga yetdi. Bu haqda “Al Rai” gazetasi xabar bermoqda.  

Ta’kidlanishicha, bu yoz so‘nggi 70 yil ichida eng issig‘i bo‘lgan. Mamlakatning ayrim mintaqalarida hokimiyat aholiga murojaat qilib, ularni elektr energiyasini tejashga hamda uylarda va idoralarda eski konditsionerlarni almashtirishga chaqirgan, chunki ular ishlash uchun juda ko‘p elektr energiyaga muhtoj. 

“Bu yuqori harorat birinchi navbatda Kuvaytning quyosh unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri perpendikulyar bo‘lgan Saraton tropikiga yaqinligi bilan bog‘liq”, degan Arab Astronomiya va kosmik fanlari ittifoqi a’zosi Badr al-Amir. 

Unga ko‘ra, ikkinchi sabab bu mavsumiy “hind depressiyasi”, ya’ni Hind okeanidan tropik siklon bo‘lib, u Saudiya Arabistoni va Iroq janubiga ham tarqaladi. 

Avvalroq, Kanadada misli ko‘rilmagan harorat ko‘rsatkichlari qayd etilgani haqida xabar bergandik. Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida g‘ayritabiiy issiqlik tufayli 719 kishi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kuvayt yoz

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing