Kutubxona, muzey, madaniyat va san’at xodimlarining maoshi oshiriladi
Jamiyat
−
22 dekabr 2023
10745O‘zbekistonda madaniyat va san’at, kutubxona va muzeylar sohasida ishlayotgan xodimlarning oyliklari oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Yig‘ilishda mutasaddilarga musiqa va san’at maktablari muallimlarining oyligini oshirish, ushbu maktablarning kommunal xarajatlarini byudjetdan qoplash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirilgan.
Ma’lum qilinishicha, madaniyat va san’at, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oyliklari 2024 yil 1 apreldan 20 foizga, 2025 yil 1 yanvardan yana 15 foizgacha bo‘lgan miqdorda oshiriladi.
Shuningdek, yig‘ilishda nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilishi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi zarurligi qayd etilgan. Shu maqsadda ushbu korxonalar 5 yilga soliqlardan ozod qilinib, ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
LiveBarchasi