Kutilmaganda “Barselona” “Siti”dan Xolandni tortib olishi mumkin
Sport
−
14 Sentabr 2023
9212“Barselona” “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland transferi ustida ishlayapti. Bu haqda “90min” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli 2025 yil yozida uning transfer qiymati hozirgi kunga nisbatan ancha past bo‘ladi. Aynan shu holatlar Kataloniya klubining Xolandga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirgan va “Barselona” rahbariyati mazkur imkoniyatdan unumli foydalanish haqida o‘ylamoqda.
Biroq, “Manchester Siti” ham o‘zining eng yaxshi hujumchisini saqlab qolish uchun bor kuchini sarflashini ma’lum qilgan. Klub 23 yoshli forvard uchun haftasiga 600 ming funt maosh ko‘rsatilgan yangi bitim tayyorlayapti.
Ma’lumot uchun, 2025 yil yozida Xolandning o‘tish qiymati 175 million yevroga tushib ketadi. Hozirda hujumchining “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 180 million yevro etib belgilangan. Norvegiyalik joriy, 2023/2024 yilgi mavsumda “shaharliklar” bilan 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Yevropada ortda qolgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
LiveBarchasi