Kutilmagan qadam: “Tolibon” ayollarni davlat boshqaruviga taklif qildi
Olam
−
17 avgust 2021
16963“Tolibon” ayollarni bo‘lajak hukumatga qo‘shilishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Islom amirligi ayollar qurbon bo‘lishini istamaydi. Ular shariat qonunlariga muvofiq hukumat tarkibida bo‘lishi kerak", deydi Afg‘oniston Madaniy masalalar bo‘yicha komissiya a’zosi Enamulla Samangani.
“Khaama Press” agentligining xabar berishicha, Qobul tumanlarining birida bir nechta ayol to‘planib, Vazirlar Mahkamasi boshqaruviga qo‘shilish imkoniyatini berishni talab qilgan.
Shuningdek, mahalliy “Tolo News” telekanali ayol boshlovchilar bilan efirga uzatishni davom ettirgani, “Tolibon” esa bunga e’tiroz bildirmagani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, bundan avval, Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Dmitriy Jirnov “Tolibon”ning ayollarga nisbatan yomon munosabatini hali ko‘rmaganini, Qobulda qizlar uchun maktablar borligini aytgan edi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining yozishicha, poytaxtda hokimiyat o‘zgargach, go‘zallik salonlari devorlaridagi ayollar tasvirlarini bo‘yash boshlangan.
Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” 1996-2001 yillarda Afg‘onistonni boshqargan. “Tolibon” mamlakatga hukmronlik qilgan davrda ayollarning huquqlari cheklangan. Ular paranji o‘rashga majbur bo‘lganlar, erkin harakat qilish, omma oldiga chiqish, ta’lim olish, kasb tanlash, erkak shifokorlarda davolanish, rasmga tushish kabilar mumkin bo‘lmagan. Ushbu qonunlarni buzganlarga qattiq jazo qo‘llanilgan yoki qatl etilgan.
LiveBarchasi