Toliblar bosib olgan hududlarida 12 yoshli qizlarni jinsiy qullikka majburlamoqda — OAV

Olam

image

“Tolibon” jangarilari Afg‘onistonning o‘z nazoratiga o‘tgan katta ahamiyatga ega hududlarda uyma-uy yurib, 12 yoshli qizlarning ixtiyoriga zid tarzda ular bilan oila qurmoqda. “Daily Mail” nashrining yozishicha, Jangarilar qizlarni jinsiy qulikka majburlayapti.

Qayd etilishicha, toliblarning qo‘mondonlari imom-xatiblardan 12 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan turmushga chiqmagan ayollarning ro‘yxatini keltirishni so‘rashgan.

Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” egallab olgan hududlardan ko‘plab ayollar qochib ketishmoqda. Shuningdek, 22 yoshli shaxsi ochiqlanmagan jurnalist qiz ham “Tolibon” egallab olgan hududni tark etgani haqida aytib bergan. 

“Hafta oxirida menejer meni chaqirib, noma’lum raqamga javob bermasligimni so‘radi. U biz, ayniqsa, ayollar yashirinib, qo‘ldan kelsa, shahardan qochishimiz kerakligini aytdi”, deydi u.

Amakisi hamrohligida qiz qo‘shni qishloqqa qochib ketgan, biroq ko‘p o‘tmay mahalliy aholi “Tolibon”ga bu haqda yetkazishgan.

“Tolibon” jangarilari tomonidan qo‘lga olingan, Qunduz shahridan qochgan mahalliy aholi dahshatga tushib, hukumat bilan bog‘liq shaxslarning qo‘lga olingani va qatl qilingani, shuningdek, “Tolibon” tomonidan repressiv hujumlar amalga oshirilganini aytib berishgan.

Ma’lumot uchun, “Tolibon” mamlakatdagi 34 viloyat markazidan 10 tasi harakat nazoratida bo‘lib turibdi. Nimro‘z, Juzjon, Sari-Pul, Qunduz, Taxor, Samangan, Farax, Bog‘lon, Badaxshon va G‘azna viloyatlari markazini egallagan. Toliblar o‘zi egallagan shaharlarda birinchilardan bo‘lib qamoqxonalardag mahkumlarni ozod qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing