Kusherboyev Ortiqxo‘jayevdan yuz o‘girishi mumkin bo‘lgan deputatlarni mas’uliyat bilan qaror chiqazishga chaqirdi

Jamiyat

image

Toshkentning hokimi vazifasini bajarayotgan Baxtiyor Rahmonov deputatlarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasiga chaqirish haqida qaror qabul qildi. Qaror yuzasidan sobiq deputat Rasul Kusherboyev o‘z munosabatini bildirdi.

Kusherboyevga ko‘ra, deputatlar ixtiyoriga Toshkent shahar hokimining shaharni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish holati, 2022 yilgi davlat dasturi ijrosi, mahalliy byudjetning 2023 yildagi qo‘shimcha manbalarini harajatlarga yo‘naltirish haqidagi masalalar bilan birga ochiqlanmagan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi taklif etilgan.

“Katta ehtimol bilan kun tartibidagi boshqa masalalar qismida deputatlar sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning Kengash raisligi, deputatligi va daxlsizligi masalalarini ko‘rib chiqishadi. Deputatlardan sog‘lom aql va mas’uliyat bilan qaror qilishlarini kutib qolamiz”, deydi sobiq deputat.

Ma’lumot uchun, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 77-sessiyasi yangi Toshkent shahar hokimi Baxtiyor Rahmonov ishtirokida joriy yilning 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olinganidan so‘ng shahar rivojiga qo‘shgan hissasi va yordami uchun minnatdorlik bildirgan edi. Lekin ko‘p o‘tmay bu xabar o‘chirib tashlandi. Shundan so‘ng xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Toshpo‘lat Matiboyev Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Ortiqxo‘jayevga murojaatnoma e’lon qilganini inkor etib, bayonot berdi.

Avvalroq, “Rasul Kusherboyev Toshkentga hokim bo‘lishi mumkinmi?” deya berilgan savolga Kusherboyev agar unga hokim bo‘lish taklif qilinsa, u buni o‘ylab ko‘rishi mumkinligini aytgan edi. Lekin undan avval hokimiyatlarda faqat qonuniy, vijdonli va to‘g‘ri ma’noda bir guruh shaxslarning emas, odamlarning, xalqning manfaati yo‘lida ishlashga imkon beradigan sharoit yaratilishi kerakligini ma’lum qilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing