Toshkent kengashi sobiq hokimga murojaatnoma yo‘llaganini inkor etdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi joriy yilning 16 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan sobiq shahar hokimi va Kengash raisiga minnatdorlik bildirgandi. Jahongir Ortiqxo‘jayevning faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida iliq fikrlar yozilgan murojaat Kengashning Telegram-kanalida e’lon qilinib, ko‘p o‘tmay o‘chirib yuborilgandi. 
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi o‘zining Telegram kanalida poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaatnoma e’lon qilganini inkor etib, bayonot berdi.

“Xurmatli Toshkent shahar fuqarolari  Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining murojaatnomasi bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, 16-17 yanvar kunlari xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining hech qanday yig‘ilishi bo‘lib o‘tmadi va Kengash deputatlari nomidan Toshkent shahar sobiq xokimi J. Ortiqxo‘jayev to‘g‘risida bayonot berilmaganini bildiramiz”, deb yozadi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Toshpo‘lat Matiboyev.

Quyida xalq deputatlari Kengashi murojaatnomasining skrinshotini havola etamiz:

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qildi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan. 

Ortiqxo‘jayev o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing