Kursk operatsiyasi Sumini qutqarib qoldi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumkor operatsiyasi Ukrainaga Sumi viloyati va Sumi shahrining bir qismini bosib olinishini oldini olishga yordam berdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 24 avgust kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Ukraina rahbari Rossiya hududidagi operatsiyaning borishini juda ijobiy baholadi va operatsiya reja bo‘yicha ketayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u mamlakat Qurolli kuchlarining joriy operatsiyasining barcha maqsadlari haqida gapira olmasligini, ammo ularning barchasi amalga oshishiga umid qilishini bildirgan.

Zelenskiy: Urush Ukrainaning hududiy yaxlitligi tiklanishi bilan tugaydi

Matbuot anjumani davomida Zelenskiy Kreml tomonidan boshlangan urushni tugatish haqidagi o‘z qarashlari bilan ham o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, harbiy harakatlar faqat Ukrainaning hududiy yaxlitligi tiklanganidan va Putin hamda Rossiya tomonidan takroriy tajovuzning oldini olgandan keyin to‘xtatilishi mumkin.

“O‘z navbatida, biz Putinni bu urushni diplomatik yo‘l bilan tugatishga majburlash uchun hamma narsani qilamiz, buning uchun avvalambor odamlar va vaqtni yo‘qotamiz, ammo muvaffaqiyatga erisha olmasak, Putinni davlatimiz hududidan siqib chiqarishga yordam beradigan hamma narsa bor”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukraina Kurskdagi yana bir aholi punktini egallab olganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Xalqaro jinoiy sud faoliyati asosi bo‘lgan Rim statutini ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Kursk Sumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made