Kursk AES yaqinida dron qulashi ortidan yong‘in boshlandi

Olam

image

Kecha, 3 oktyabr kuni Rossiyadagi Kursk viloyatining Kurchatov shahri hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Viloyat gubernatori Aleksey Smirnov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bu holat dron halokati oqibatida sodir bo‘lgan. Dron Kursk atom elektr stansiyasidan besh kilometr uzoqlikda qulagan, portlashlar Kursk AESga aloqasi bo‘lmagan binoda sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

“Rosatom” matbuot xizmati AES normal ishlayotganini, ob’ektdagi radiatsiya foni normal chegaralarda ekanini ma’lum qildi.
“Mash” va “Shot” Telegram-kanallari yong‘in sodir bo‘lgan joydan kadrlarni e’lon qilib, Ukraina Qurolli kuchlarini Kursk atom elektr stansiyasiga dron va raketalar bilan hujum qilishga uringanlikda aybladi. Biroq Ukraina tomoni voqeaga aloqadorligini rad etdi.

“Ruslar Kurchatovda qandaydir olovni ko‘rsatmoqda va videoda yerda portlash sodir bo‘lmoqda. Atom elektr stansiyalarini o‘qqa tutishning bunga nima aloqasi bor? U biroz uzoqda”, dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko.

Ukrainaning Kursk atom elektr stansiyasiga zarba bergani haqidagi xabarlarni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi voizi Georgiy Tixi ham o‘zining Telegram-kanalida rad etdi.

Kursk AES – Rossiyadagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri. U to‘rtta quvvat blokidan iborat. Hozir ulardan faqat bittasi to‘liq ishga tushirilgan, yana ikkitasi generatsiyasiz, to‘rtinchisida esa rejali ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Kursk atom elektr stansiyasi Chernobildagi kabi bir xil turdagi reaktorga ega, ammo uning ustida maxsus gumbaz yo‘q, bu AESni "juda himoyasiz" qiladi.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) rahbari Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, agar snaryad tegsa yoki “ushbu reaktor yadrosiga qandaydir tashqi ta’sir bo‘lsa, yadroviy hodisa, ehtimol radiatsiya chiqishi bilan yuz berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlari 6 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyati hududiga hujum boshladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy operatsiyani Rossiya hududida “bufer zona” yaratish zarurati bilan izohladi. Rasmiy Kiyevga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi rus qo‘shinlarining rejalashtirilgan hujum operatsiyalarini to‘xtatdi.

9 avgustdan Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etilgan. Shu bilan birga, Kiyev Kursk viloyati aholisiga gumanitar yordam yetkazilishi va Ukraina va Rossiya Federatsiyasiga evakuatsiya qilinishi haqida bir necha bor e’lon qilgan. Sentyabr oyida Rossiya Qurolli kuchlari mintaqada qarshi hujumni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made